4/21/2018

AQSHGA VIZA OLISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?

                                                   AQSH VIZASI HAQIDA

Amerika Sexrli diyor deb bejizga aytishmagan. Hozirda juda ko`pchilikni AQSHga ketish, uyerda ishlash, sayoxat qilish qiziqtradi.
AQSH Vizasi  olish eng oson va eng qiyin vizadir.
O`tgan yili Bir Amerikalik tanishim meni kuz bo`yi AQSHga taklif qila boshladi U shunchalik maqtadiki meni ham borgim kelib qoldi.


                                            AMERIKADAGI HAYOT QANDAY?

AQSH eng rivohlangan davlatlardan biridir, Moliyaviy jixatdan ham, Harbiy jixatdan ham yetakchi o`rinda turadi. Ya`ni Amerika erkinlik davlati, uyerda butun dunyodan turli xil odamlar, millatlar, o`zbeklar ham talaygina. Tanishimni aytishicha u yerdako`chada yursangiz birov nima qilyapsan, qani dokumentingi ko`rsatchi demasakan, Hatto mashina minsangiz ham hujjatni tekshiraydi biron ayb qilmagunch degandi. Hozirda Amerikadagi o`zbeklar soni anchaginani tashkil qiladi. O`zbeklar Amerikada hamma soxada hoh Biznes, hoh savdo, hattoki Harbiy soxalarda ham faoliyat yuritadi.
Uyerda erkinlar judayam ko`p odam o`zini shunday erkin his qiladiki beamlol yashaydi. Albatta o`zimizni O`zbekistonga yetmaydi ammo bir borip ko`rib kelsak zarari yo`q shunday emasmi?!

                               AQSH VIZASI OLISHNING QANDAY YO`LLARI BOR?

AQSH Vizasi olishni asosan 2 yo`li bor

1.Green Karta lotareyasi o`ynash
2.Shunchaki Viza olishga Ariza Topshirish

Green Card haqida alohida mavzuda yoritamiz.
Grin Karta o`ynashda Viza yutib olish bu tasodifan bo`ladi va ishtirokchilar ko`pligi uchun yutish ehtimoli anchagina kam. Shunga agar sizga Viza judayam kerak bo`lsa Elchixonaga Viza so`ran murojat qilganingiz maqul bo`ladi.

                                               AQSH VIZASI TURLARI

1.Imigratsion Vizalar - Bularga
Oilaviy imigratsiya
Qalliq vizalari
Green Card dasturi
Ish asosida imigratsiya
Doimiy rezident qaytishi kabilar kiradi

2.Noimigratsion Vizalar - bularga
Turizim va Sayoxat
Vaqtincha ishlash
Ta`lim va almashinuv kabilar kiradi
Qanday maqsadda ketishga qarab Vizalar turli bandlarga ajratilgan.
Bular haqida to`liqroq AQSHning O`zbekistondagi elchihona saytidan o`qib olishingiz mumkin.

                                    VIZA OLISHNI QANDAY YO`LLARI BOR?

Siz Amerikaga ketmoqchi ekansiz sizda buning uchun sabab bo`lishi kerak.
Masalan siz
1.Sayoxat qilish, davolanish uchun
2.O`qish uchun
3.Ishlash uchun
4.Biron bir Konfirensiya yoki tadbirlarga
5.Qarindoshingizni ko`rib kelish yoki boshqa ishlar uchun borishingiz mumkin.

Hozirda Amerikaga ishalsh uchun ketihsni imkoniyati yo`q hisob chunki u yeda shundoq ham ihschi kuchi yetarli agar siz juda ham noyob qobiliyat egasi bo`lmasangiz ketish imkoni yo`q hisob.
Agar siz avval uyerda oqigan bo`lsangiz va ish topsangiz ishxona sizni taklif qilsa unda bir omadingizni sinab ko`rsangiz bo`ladi.

O`qish uchun esa avval o`qishga kirgan bo`lishingiz kerak buni hozirda Internet orqali onlayn qilsa bo`ladi, Agar siz ingliz tilini bilsangiz va biron Unversitet, Kollejga topshirib o`qishga qabul qilinsangiz unda ham bemalol Vizaga topshirishingiz mumkin.

Qarindoshingizni ko`rgani ketayotgan bo`lsangiz ham yoki qandaydir tadbirga taklif qilingan bo`lsangiz ham sizga qarshilik yo`q.
Ammo hozirda hech qanday tanishi yoki hech qanday sababi yo`q odam qanday Viza lishi mumkin.

Bizga bunda turistik Viza B1 va B2 Vizasi qo`l keladi. Siz Turist sifatida bemalol Viza olishga bemalol ariza topshirishingiz mumkin. Agar Biznes yoki davolanish masalalari bo`yicha bo`lsa bu haqda suxbat jarayonida Konsulga yaxshilab tushintirsangiz kifoya.


                     AQSH VIZASI OLISH UCHUN INGLIZ TILINI BILISH SHARTMI?

Agar o`qish yoki ishlash uchun bo`lmasa shart emas. Baribir uyerga borsangiz til kerak o`rganganingiz maqul.Axir bekorga aytishmagan Til bilgan El biladi deb.

                     AQSH VIZASIGA TOPSHIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?

Ariza topshirish unchalik qiyin emas Qiladigan ishingiz
1.Siz nima uchun bormoqchisiz va qanday Viza turiga mossiz shuni aniqlab olasiz.
2.DS-160 Anketasi to`ldirasiz
3.Suxbatga yozilasiz
4.Suxbat kuni suxbatga kelasiz
5.Kerakli to`lovni qilasiz
Agar suxbatdan muvaffaqqiyatli o`tsangiz ertasi kuni Viza qo`limda deyavering.
AQSHning O`zbekistondagi elchixonasi Toshkentda joylashgan.
Ariza topshirish uchun uyerga borish shart emas hamma ishni onlay bajarasiz va faqat suxbat kunigina uyerga borasiz.

                               HAMMASI ODDIY BO`LSA MUAMMO NIMADA?

Bu yerda odamlar boshini qotiradigan yagona narsa bu DS-160 Anketasi to`ldirish va To`gri to`ldirish va Suxbatga yozilish va Suxbatdan muvaffaqqiyatli o`tish masalasidir.
Ingliz tilini bilmasangiz va avval bunday uzundan uzun anketani to`ldirmagan bo`lsangiz uni to`ldirish uncha muncha odamga qiyinchilik tug`diradi. Va eng asosiysi uni to`gri to`ldirish kerak. Bo`lmasa hamma qilgan ishingiz bekor ketadi.
DS-160Anketasini no`to`gri to`ldirish Viza ololmasligingizga asosiy sabab bo`ladi. Eng yomoni qilgan to`lovingizga kuyib qolaverasiz.

                                        VIZA UCHUN TO`LOV QANCHA?

Turistik B Viza uchun to`lov 160$ ni tashkil etadi.
O`qish va ish uchun Vizalar uchun 190$
Boshqa Viza turiga qaran to`lov summasi oshishi mumkin.
Unitmang To`lov qilish bu sizga Viza beriladi degani emas, bu harajatlarga deb olinadi va Suxbatdan o`tolmagan taqdiringizda pulingiz qaytarib berilmaydi.


          TURISTIK VIZA BILAN ISHLASH MUMKINMI VA VIZA MUDDATI QANCHA?

Turistik Viza bilan qonunan ishlab bo`lmaydi ammo Amerika erkinlik davlati siz agar tanishigiz bo`lsa Qonunan hujjat talab qilmaydigan ishda ishlamasangiz bemalol ishlashingiz mumkin.
Uyerda yana turli qisqa o`quv kurslari bor agar siz ularni birontasi ta`lim olsangiz avtomatik sizga ishalshga ruxsatnoma berishadi hatto ihs topib ham berishadi.

Turistik B Vizalar  sizga 1 yilga beriladi. Ya`ni sizni pasportingizga Stiker yopishtrilgan holatda viza olgan kuningizdan 1 yil mobaynida bemalol O`zbekistondan chiqib ketishingiz mumkin.
AQSHga kirganingizda esa sizga 6 oyga Propiskaga qo`yiladi.

                BIR MARTA VIZASI RAD ETILSA YANA TOPSHIRISH MUMKINMI?

Ha bemalol, faqat odamlar o`rtasida bir marta ololmasa yanagi safar ha rad qiladi degan noto`g`ri fikr bor.Agar siz avval rad e`tilgan sababni bartaraf etgan bo`lsangiz va AQSHni qora ro`yxatida bo`lmasangiz sizga hech qanday rad qilishga asos yo`q.
Viza olish yokiololmaslik ko`p hollarda Konsul bilan suxbat jarayonida o`zingizni tutish, savollargarost yoki yo`lg`on javob berayotganingiz ko`proq tasir qiladi.

            DS-160ANKETASINI TO`LDIRISH UCHUN NIMA QILISH KERAK?

Anketani To`ldirsh uchun AQSHni Siz turgan davlatdagi elchixonasi saytiga kirishingiz va uyerda DS-160 anketasii to`ldirishingiz kerak bo`ladi.
Bu ishni o`zingiz qilolsangiz bemalol mustaqil to`ldirishingiz mumkin. Agar to`ldirishda qiynalsangiz va Arizani To`gri to`ldirishni bilmasangiz Bizda Anketa To`ldirish Xizmati bor shundan bemalol foydalansangiz bo`ladi.
Anketani to`ldirish anchagina murakkab men o`zim 1-marta Instruksiyadan foydalanib ham to`ldirolmay ertasi kuni 3 soat deganda to`ldirganman. Va hozir ham eng tez to`ldirgan odam 1 soat vaqt sarf qiladi, yana yomon tomoni saytiga 1-2 minut malumot kiritmay tursangiz Time Out deb sahifani boshiga o`tkazib yuboradi.

Sizga nimalarda Yordam beramiz
1.DS-160 Anketasini To`gri, Rad etimaydigan qilib  to`ldirib beramiz
2.Suxbati sizga maqul kunga yozdiramiz
3.Suxbatdan Muvaffaqqiyatli o`tishingi uchun tavsiyalar beramiz.
Anketa to`ldirilgach sizga Anketani tasdiqlash kodi yozilgan varagi va Suxbatga yozilganingizni tasdiqlaydigan varaq va to`ldirilgan malumotlar haqida malumot beriladi.
Albatta bu hujjatlarsiz siz elchihonaga ham suxbatga ham kirolmaysiz.
Xizmat haqi 60 000 so`m.
Rossiyadailar uchun 500 rubl
To`lov Istalgan Uzcard va Elektron kashaloklardan bemalol to`lay olasiz.

              DS-160 ANKETASI ISTAGAN DAVLATDAN TOPSHIRISH MUMKINMI?

Ko`pchilik chet eldagilar o`zim turgan davlatdan ham ariza topshirsam bo`ladimi deb ko`p so`rashadi ha albatta bo`ladi.
Faqat siz turgan davlatda AQSH elchixonasi bo`lsa kifoya. Hujjat ihslari onlayn qilingani uchun Siz bemaol bizni Xizmatdan foydalanishingiz mumkin.
Sizga o`izngizga qulay yerda Suxbatga kirish imkoni yaratib beramiz.
Agar siz chet elda bo`lsangizu O`zbekistonga qaytgach Suxbatga kirmoqchi bo`lsangiz ham bemalol ertaroq topshirib qo`yishingiz mumkin.

                               ANKETANI AMAL QILISH MUDDATI QANCHA?

Anketa to`ldirilganidan keyin 1 yilgacha amal qiladi. Suxbatga Hozirda O`zbekistonda Topshirgan kuningizdan keyin 1.5-2 oyda sizga Suxbatga navbatingiz keladi, Shuning uchun Vizaga ketar vaqtingizdan sal ertaroq topshirish tavsiya qilinadi. Chunki topshiruvchilar ko`p.

          AGAR BELGILANGAN KUNI SUXBATGA KELOLMASAM NIMA BO`LADI?

Agar biron sabab bilan suxbat kuni elchihonaga kelolmasangiz kuyinisga hojat yo`q. Suxbat kunini o`zgartrish mumkin. Bu 1 yil davomida amal qiladi.

                                              NIMA HUJJATLAR KERAK?

Asosiy hujjatlar
1.Pasport
2.DS-160 anketasi va Suxbatni tasdiqlash varag`i
3.To`lov uchun pul

Qo`shimcha hujjatlar
1.Nikoh guvohnomasi
2.Bolalar Tugilganligi haqida guvohnoma(agar bollari bilan bo`lsa)
3.Taklifoma(agar qarindoshi yoki ish, o`qish joyidan taklif etilgan bo`lsa
4.Bank hisobi haqida malumotnoma(O`qish va boshqa masalalarda to`lov talab qilinadigan masalalar uchun)
5.Harbiy guvohnoma
va qo`shimcha sizda nimadir bo`ls abarini olib olishingiz mumkin.

Bizda Qo`shimcha Xizmat
Har yili Oktabr oyida Green Kard lotareyasiga Ariza topshirib berish Xizmatimiz ishga tushadi.
Gren karta haqida to`liq shu nomli maqolada o`qing.

               DS-160 ANKETASINI TO`LDIRISH ISTAGIDA BO`LGANLAR DIQQATIGA!

Agar siz DS-160 Anketasini to`ldirtirmoqchi bo`lsangiz sizdan yuyidagilarni taqdim etish talab qilinadi.
1.Pasport kopiya rasmi(oldi va orqasi)
2. 5x5 hajmdago oq fondagi rasm(buni fotsalonda tayorlatasiz
3.Ota-onangiz ismi,familiyasi va tig`ilgan yili
4.Turmush o`rtog`ingiz ismi, familiyasi va tug`ilgan yili(Hali oila qurmagan bo`lsangiz unashtirilgan rafiqangiz ismi, sharifi va tug`ilgan yili ko`rsatiladi)
5.Malumotingiz qaysi yillari qayerda oqigansiz
6.Qaysi soxada ishlaysiz Ish joyingiz nomi, Adresi va telefon raqami bilan(avval ishlagan yeringizni ha yozishingiz mumkin)
7.Qaysi shaxarga bormoqchisiz va nima maqsadda.
8.Qachon ketishni reja qilyapsiz
9.Suxbatni qaysi kuni bo`lishini istayapsiz(Topshirgan kuningizdan kaida 1-1.5 oy keyinga belgilashingiz kerak)
10.Tel raqam va e mail(agar bo`lsa)
11.Agar chet elda bo`lgan bo`lsangiz Borgan yeringiz, uyerda nima qilganingiz va qaysi vaqtlarda shular haqida qisqacha malumot.
12.Va 60 000 so`m To`lov qilasiz va ertasi kuniyoq Anketa tasdiq varaqsi qo`lingizda bo`ladi.

Unitmang DS-160Anketasini to`g`ri to`ldirish sizga 90% Viza olishga imkon beradi qolgani suxbat jarayoiga bog`liq.

Aloqa uchun
Tel: 99 894 178 35 60
Telegramm: @nozimlee

Odnoklasniki:https://www.ok.ru/profile/578241298432
Vkontakte: https://vk.com/nozimlee
Facebook: https://www.facebook.com/nozimlee2
Twitter: https://twitter.com/nozimlee2
Studenti.uz http://studenti.uz/nozimlee2

Va yutub kanalimizdagi foydali videolarni ko`rishni unitmang.
https://www.youtube.com/channel/UCvd5T6UVMugrDGTOomvLBGQ

To`laroq malumotni Viza Masalari sahifasida o`qing.
videodars.blogspot.com

4 комментария: